Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada rossiyalik yana 4 harbiy halok bo‘ldi
Suriyada rossiyalik 4 nafar harbiy avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma masofadan turib harakatga keltirilishi oqibatida halok bo‘lgan, yana ikki nafari jarohatlangan. Bu ma'lumot Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Hodisa 16 fevral kuni ro‘y bergan, bu haqda bugun ma'lum qilinmoqda.
Rossiyalik harbiy maslahatchilar guruhi mingan avtomobil Suriya armiyasi kolonnasi tarkibida Tiyas aerodromi hududidan Homs shahriga yo‘l olgandi.
Ayni vaqtda rossiyalik shifokorlar jarohatlangan ikki harbiyning hayotini saqlab qolish uchun urinmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya Suriyada harbiy amaliyotlarga kirishganidan buyon (2015 yilning 31 sentabri) yo‘qotilgan harbiylar soni 27 nafarga yetdi. Mudofaa vazirligi Suriyadagi rossiyalik harbiylar sonini aniq keltirmaydi.
2017 yilning 14 fevralida vazirlik Suriyadagi harbiy amaliyot ishtirokchilarini taqdirlash uchun 20 mingta medal tayyorlashga buyurtma bergani ma'lum qilindi. Keyinroq bu adashuv bo‘lgani, aslida gap 2 mingta mukofot haqida bo‘lgani aytildi.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025