Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dahshatli manzaralar: Liviya qirg‘og‘ida afrikalik muhojirlar jasadlari topildi (+18)
70 nafardan ortiq afrikalik muhojir tanasi Zaviya shahrining g‘arbida, O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlariga chiqib qolgan. Bu haqida Liviyaning "Qizil Yarim oy" vakili xabar berdi.
Hozirda 74 tana qirg‘oq yaqinida topilgan. Biroq ularning qanday qilib cho‘kib ketgani sirligicha qolmoqda, deb xabar beradi xayriya tashkiloti matbuot kotibi Muhammad al-Misrati The Associated Press nashriga bergan intervyusida.
Jonsiz jasadlar qirg‘oqqa tunda chiqib qolgan. Shu bilan birga, hech qanday singan qayiq yoki kemaning alomatlari ko‘zga tashlanmagan.
Spikerning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy hokimiyat tanalarni Tripolidagi shaxsi noma'lum bo‘lganlar qabristoniga yuboradi.




Mavzuga oid
13:56 / 17.05.2025
AQSh 1 million g‘azolikni Liviyaga ko‘chirish rejasini ishlab chiqmoqda - OAV
09:57 / 13.05.2025
Tripolida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
15:30 / 08.05.2025
WP: Oq uy Ukrainadan AQShdan noqonuniy muhojirlarni qabul qilishni so‘ragan
21:22 / 07.05.2025