Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kinoteatrlarida Trampga qarshi «1984» filmi namoyish etiladi
AQSh va Kanada kinoteatrlarida «1984» filmi namoyish etiladi. U Amerika prezidenti Donald Trampga norozilik sifatida ko‘rsatiladi, deb yozmoqda The Guardian nashri. O‘ziga xos norozilik aksiyasiga 90ga yaqin kinozallar qo‘shilgan.
«1984» – Jorj Oruell qalamiga mansub shu nomli roman asosida ekranlashtirilgan kinokartinadir. Unda Jon Hart, Richard Berton, Syuzanna Hemilton, Siril Kyusaklar ishtirok etgan. Film rejissyori Maykl Redford.
Kartina 4 aprelda namoyish etiladi. Shu kuni film qahramoni Uinston Smit o‘zining noqonuniy kundaligida ilk yozuvni qoldiradi.
Aktsiya tashkilotchilarining qayd etishlaricha, Oruell romanidagi o‘z dalillarini soxtalashtiradigan, to‘liq bo‘ysunishni talab qiladigan, xorijiy dushmanlarini yo‘qotadigan hukumat hozirgidek dolzarblik kasb etmagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025