Sport | 07:49 / 22.02.2017
12146
2 daqiqa o‘qiladi

YeChLdagi «kosmos»! «Manchester Siti» iroda ko‘rsatdi

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan eng qiziqarli uchrashuvlardan biri Manchesterda bo‘lib o‘tdi. Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» Jardimning «Monako»sini qabul qildi.

Oz emas, ko‘p emas sakkizta gol kiritilgan uchrashuvda «Manchester Siti» ikki marta hisobda ortda borayotganiga qaramasdan, g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvaliga Rahim Sterling jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Keyinroq Falkao va Mbappe tomonidan kiritilgan gollar evaziga mehmonlar oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo‘limda Serxio Aguero hisobni tenglashtirdi. Biroq ko‘p o‘tmay Falkao yana jamoasini oldinga olib chiqdi. Bungacha u penaltini aniq amalga oshira olmagandi.

Shundan keyin o‘yinda Gvardiola jamoasi hukmronlik qildi. Avvaliga Serxio Aguero, keyinchalik Jon Stounz va Leroy Sane tomonidan kiritilgan gollar «Siti»ga 5:3 hisobidagi g‘alabani keltirdi.

Yevropa Chempionlar ligasi, 1/8 final

Manchester Siti – Monako 5:3 (1:2)

Gollar: Sterling (26), Aguero (58, 71), Stounz (77), Sane (82) – Falkao (32, 61) Mbappe (40).
Manchester Siti: Kabalero, Stounz, Otamendi, Sanya, Fernandino (Sabaleta, 62), de Bryuyne, Ture, Silva, Sane, Sterling (Navas, 89), Aguero (Fernando, 87).
Monako: Subashich, Glik, Fabino, Mendi, Rajji, Lemar, Bernardu Silva (Moutinyu, 85), Mbappe (Jyermen, 79), Bakayoko (Dirar, 88), Sidibe, Falkao.
Ogohlantirishlar: Glik (8), Sidibe (25), Aguero (35), Fernandino (40), Otamendi (49), Bakayoko (55), Falkao (67), Sabaleta (73), Bernardu Silva (76), Fabino (81).

Mavzuga oid