Fan-texnika | 18:55 / 22.02.2017
7064
2 daqiqa o‘qiladi

Subaru Impreza o‘z tasnifida eng xavfsiz avtomobil deb topildi

AQShning yo‘l xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) beshinchi avlod Subaru Impreza sedaniga krash-testlar natijasiga ko‘ra eng yuqori ball qo‘ydi. 

Sedan va universal Impreza kuzov pishiqligi bo‘yicha beshta sinovni ham a'lo darajada topshirgan. Modelning old to‘qnashuvdan ogohlantirish va to‘qnashuvlar tizimi shunday yuqori ball olishga imkon bergan. Yaponiya mashinasi 19 km/soat va 40 km/soat tezlikda o‘tkazilgan ikki testda ham to‘qnashuvdan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Bundan tashqari, IIHS mutaxassislari avtomobilning diodli bosh yoritqich chiroqlarini «yaxshi» deb baholashgan. Xususan, Subaru Impreza «sun'iy aqli» yo‘ldagi vaziyatdan kelib chiqqan holda LED-nurlari yo‘nalishi va kuchini turlicha taqsimlay oladi. 

IIHS, shuningdek, beshinchi avlod Subaru Impreza modeliga bolalar o‘rindig‘ini joylashtirishning juda osonligini e'tirof etgan. Shunga muvofiq, AQSh yo‘l xavfsizligi sug‘urta institutining xulosasiga ko‘ra, ayni vaqtda Subaru Impreza ixcham tasnifidagi e'tirozsiz yuqori baho olgan yagona avtomobil bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, Subaru Impreza 2016 yil martida taqdim etilgan edi. Hozirda Impreza AQSh va Yaponiyada ishlab chiqariladi.

Mavzuga oid