Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston qaysi sohalarda hamkorlik qiladi?
23 fevral kuni Toshkent shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston diplomatlari o‘rtasida ikki yoqlama hamkorlik bo‘yicha 16-hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bo‘lgan "Kun" muxbirining xabar berishicha, yig‘ilishda tomonlar Komissiyaning 15-yig‘ilishi doirasida qabul qilingan qarorlar ijrosi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, shartnomaviy-huquqiy asosni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek bojxona, neft-gaz, madaniy-gumanitar, atrof-muhit muhofazasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Komissiya mazkur yig‘ilishni yaqin kunlarda amalga oshirishi kutilayotgan oliy darajadagi tadbirga har tomonlama sifatli tayyorgarlik sifatida baholadi.
Tadbirda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik hamkorlik birinchi o‘rinda savdo-iqtisodiy sohada mustahkamlanib va rivojlanib borayotgani ta'kidlandi.
Qozog‘iston O‘zbekistonning eng muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi. Hukumat vakillari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi biroz qisqarib, 2 milliard dollardan oshgan.
Hozirda O‘zbekiston hududida 229 ta korxona o‘z faoliyatini yuritadi, shulardan 192 tasi qo‘shma korxona, 37 tasi 100 foiz xorijiy kapital asosida tashkil topgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Qozog‘istonning 3 ta firma va kompaniyasi akkreditatsiyadan o‘tgan.
Hukumatlararo yig‘ilish yakuniga ko‘ra, ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi bundan avvalgi, 15-yig‘ilish 2016 yilning 11 martida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
21:49 / 11.06.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi
18:30 / 22.05.2024
Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi test rejimida ishga tushiriladi
18:28 / 19.03.2024