Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda parranda grippi avj olmoqda
Xitoyda parranda grippi (H7N9) bilan kasallanganlar soni yil boshidan 270 kishini tashkil qildi. "Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, ulardan 87 tasi o‘lim bilan yakunlangan.
"Infektsiya avj olgani haqidagi ma'lumot sarosimadan qochish va parrandalarni tashish va sotish bo‘yicha kuzatuvni kuchaytirish uchun keng tarqatilishi lozim", deb aytildi Xitoy davlat kengashi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra tasdiqlangan bayonotda.
Joriy yil boshidan Xitoyda odamning parranda grippi bilan kasallangani holatlari Lyaonin, Tszyansu, Chjetszyan, Shandun, Xenan, Guandun, Guychjou, Xubey, Xunan va Sichuan viloyatlari va Pekinda aniqlangan.
Birinchi marta insonda parranda grippi tashxisi 2013 yil martda qo‘yilgan. Hanuzgacha bu kasallik insondan insonga havo-tomchi yo‘li bilan o‘tishiga dalil yo‘q. Xitoyda bu kasallikning 2013-2014 yillarda avj olishi 36 kishining umriga zomin bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025