Jahon | 20:12 / 23.02.2017
30585
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiyaning Suriyadagi maqsadini ma'lum qildi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildiki, Rossiyaning Suriyadagi vazifasi bu mamlakatning qonuniy hukumatini saqlab qolishdir. Bu haqda TASS xabar tarqatdi.

«Biz o‘z oldimizga Suriyaning ichki ishlariga aralashishni maqsad qilib qo‘ymaganmiz. Bizning vazifamiz — mamlakatda qonuniy hukumatni saqlab qolish va xalqaro terrorizmga hal qiluvchi zarbani berishdir», — degan prezident.

U «Suriyani terrorizm balosidan qutqarish»ga siyosiy barqarorlikni ta'minlash orqali erishish mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Bundan avvalroq Donald Tramp o‘zining Suriyadagi maqsadi haqida gapirgan, Bashar Asadni hukumatdan ketkazish niyatida emasligini aytgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid