Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Google kompaniyasi Uber’ni sudga berdi
Google egasi hisoblanuvchi Alphabet Inc. kompaniyasi haydovchisiz avtomobillarda ishlatiladigan lidar – lazer lokator texnologiyasini o‘g‘irlash ayblovi bilan Uber taksi xizmati ustidan sudga da'vo arizasi berdi.
Ma'lum qilinishicha, Alphabet Inc. haydovchisiz avtomobillar uchun texnologiyalar yaratishga ixtisoslashgan Waymo kompaniyasini yaratgan. Bu kompaniya Uber va Google’ning sobiq muhandislarini lidar tizimini o‘g‘irlashda ayblamoqda.
"Fikrimizcha, bu xatti-harakatlar Waymo’ning tijoriy sirlari va intellektual mulkini qo‘lga kiritish uchun aniq reja bo‘lgan", deb aytildi Google’da.
Taxmin qilinishicha, Google’ning sobiq xodimi Entoni Levandovski kompaniyani tark etishdan avval Waymo ishlanmalari, jumladan lidar sxemalariga ega 14 mingta maxfiy faylni o‘g‘irlagan va so‘ngra ulardan Uber’da ochgan o‘zining shaxsiy startapida foydalanishni boshlagan.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025