Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada AQSh konsulligi xodimi qo‘lga olindi
Turkiyada AQShning Adandagi konsulligi xodimi Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olindi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.
Qo‘lga olingan Hamza Uluchay konsullikda bir necha yil davomida tarjimon bo‘lib ishlab kelgan. Politsiyachilar uni 22 fevralda konsullik binosidan chiqayotganda qo‘lga olishgan. Manba ma'lumotlariga ko‘ra, hukumat Uluchay tashqivotchilik faolyatini yuritib, Mardin shahri aholisini Kurdiston ishchi partiyasi saflariga jalb qilishga harakat qilgan.
2015 yil iyulda Turkiyada KIP bilan qurolli ixtilof qayta boshlangandan keyin kurd ayirmachilari hujumlaridan 900 ga yaqin politsiyachi va harbiy, 300 ga yaqin fuqaro halok bo‘lgan. Turkiya bosh shtabi bu orada KIPning 10 mingga yaqin a'zosi yo‘q qilinganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025