Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy sharqida baliqchilik kemasi cho‘kib ketdi, bedarak yo‘qolganlar bor
Xitoy sharqida baliqchilar kemasi dengizga g‘arq bo‘ldi, 13 nafar baliqchi bedarak yo‘qolgan, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Hodisa 24 fevral kuni Chjoushan shahridan 130 dengiz mili uzoqlikda sodir bo‘lgan. Fojia ro‘y bergan vaqtda 42,6 metr uzunlikdagi kemada 20 kishi bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat vakillari XXR harbiy-dengiz kuchlarining Sharqiy dengiz flotidan qidiruv-qutqaruv ishlarida yordam so‘ragan. Halokat yuz bergan joyda "Tszyasin", "Ninde" va "Echjou" fregatlari faoliyat olib bormoqda.
Keyinroq qutqaruv amaliyotiga XXR HDKning vertolyotli yana bir kemasi qo‘shilgan. Bulardan tashqari yana 41 bitta baliqchilik qayiqlari ham qatnashmoqda. 7 kishi qutqarildi, qolganlarning jasadlari qidirilmoqda.
Voqea sabablari ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025