Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR BMT sanksiyalariga chap berish usullarini qo‘llamoqda
Shimoliy Koreya xalqaro sanksiyalardan xorijiy kompaniyalar tarmog‘i vositasida qutulib qolmoqda. Bu haqda BMT hisoboti bilan tanishib chiqqan Reuters agentligi xabar qilmoqda.
KXDR BMTning jiddiy sanksiyalari ostida. Ushbu jazo choralari yadro quroli va ballistik raketalar ishlab chiqishga jiddiy to‘siq bo‘lishi kerak. Ammo, Shimoliy Koreya sanksiyalarni qisman aylanib o‘tishning uddasidan chiqayotgani xususidagi mish-mishlardan so‘ng, BMT o‘z surishtiruv ishlarini o‘tkazdi.
«Ayrim shaxslar va banklar sanksiyalarga qaramay faoliyatini davom ettirmoqda. Ular pullar, odamlar va mahsulotlar aylanishidan yaxshi xabardor kishilar yordamidan foydalanishmoqda», — deyiladi tashkilot hisobotida.
Xususan, BMT KXDRning Eritreyaga harbiy aloqa vositalarini qayyo‘sinda sotishini misol keltiradi. So‘nggi bor Afrika davlatiga yetkazib berilgan 45 yashik dala ratsiyalari va butlovchi qismlari Malayziyada KXDR bilan aloqasi bo‘lgan kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan.
Shu bilan birga, xalqaro tashkilot BMTga a'zo barcha mamlakatlar hukumatlarini shimoliy koreyalik diplomatlarga nisbatan ehtiyotkorroq munosabatda bo‘lishga chaqirgan.
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
14:36 / 23.05.2025