Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen Nam o‘limi bo‘yicha KXDR diplomati ushlanishi mumkin
Malayziya sudi KXDR yetakchisining o‘gay akasi Kim Chen Namning o‘limiga doir ish bo‘yicha shimoliy koreyalik diplomatni hibsga olishga ko‘rsatma berishi mumkin. Diplomat politsiya mahkamasiga kelishdan bosh tortsa, shunday chora ko‘rilishi ehtimol, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. Bu haqda Malayziyaning Selangor shtati politsiya mahkamasi rahbari Abul Samax Mat ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, diplomatga o‘z xohishi bilan politsiyaga kelishi uchun muddat beriladi. Shundan so‘ng, unga tergov bilan hamkorlik qilish bo‘yicha ogohlantirish yuboriladi.
"Agar diplomat bunga ham e'tiborsizlik qilsa, politsiya sudga murojaat qiladi va diplomatni hibsga olish bo‘yicha order berishni so‘raydi", - degan politsiya rahbari.
14 fevralda Malayziya politsiyasi Kim Chen Namning o‘limini tasdiqlagan edi. Unga suiqasd qilishda 8 kishi gumon qilinmoqda. Ulardan 4 nafari qo‘lga olingan, 4 nafari suiqasd sodir etilgan kuni KXDRga chiqib ketishga ulgurgan.
Rasmiy Pxenyan marhumning davlat rahbari Kim Chen Inga umuman aloqasi yo‘qligini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025