Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik ayol fridayving bo‘yicha jahon rekordini yangiladi
Turkiyalik Daryo Jan juma kuni Avstriyadagi Vaysenzaye ko‘lining muzlagan sathi ostida 120 metrga sho‘ng‘ib, eng uzoq fridrayvingni (suv ostida nafas olmay turish) amalga oshirdi va Ginnesning rekordlar kitobida yangi rekordni qayd etdi. Bu haqida DailySabah nashrida xabar berildi.
Jan fransiyalik Avrora Assoning 112,3 metrli rekordini ortda qoldirib, o‘z g‘alabasini turk bayrog‘i bilan nishonladi.
1 daqiqa va 47 soniya davomida 35 santimetrli muz ostida nafas olmay turgan ayolni turmush o‘rtog‘i Tayfun Guchen, murabbiy Adnan Yanbay va xavfsizlikni ta'minlovchi g‘avvoslardan iborat jamoa qo‘llab-quvvatladi. Notarius Yozef Trampitch jarayonni nazorat qilish uchun ishtirok etdi.
Jan o‘zining dekabrdagi rekordidan ham o‘zib ketdi, o‘shanda u Kash (Antaliya)da 111 metrga sho‘ng‘igandi. Daryo bu rekordini 17 dekabr kuni Kayseridagi terakt natijasida halok bo‘lganlarga bag‘ishladi (musobaqa ham shu kuni bo‘lib o‘tgan).
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025