Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti politsiyani bangilarga qarshi kurashga qaytardi
Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening bayonot berishicha, u mamlakat politsiyasini giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishga qaytadan jalb qilishga majbur. Qariyb bir oy avval, huquq-tartibot idoralari bu kurashni to‘xtatgan edi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.
Filippin yetakchisining aniqlik kiritishicha, barcha politsiya idoralari bu ish bilan shug‘ullanmaydi. Shu bilan birga, u boshqa tafsilotlarni ma'lum qilmagan.
27 fevral kuni Filippin milliy politsiyasi rahbari Ronald dela Rosa bergan bayonotga ko‘ra, so‘nggi bir necha haftada mamlakat ko‘chalarida yana giyohvand moddalarni tarqatish boshlangan. Shunga binoan, politsiyachilar ushbu illatga qarshi kurashga tayyor.
Avvalroq, Filippin hukumati politsiyaning giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashuvchi bo‘limi tugatilishi haqida ma'lum qilgan edi. Bunga vakolatlar suiiste'mol qilinganiga doir dalillar topilgani sabab bo‘lgandi. Biroq, prezident Duterte nashavandlar hamda giyohvand moddalarni tarqatuvchilarga qarshi keng qamrovli kurashni davom ettirishini ta'kidlagandi.
BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Dutertening 2016 yil 30 iyunida hokimiyat tepasiga kelganidan beri mamlakatda giyohvand moddalar savdosiga aloqador 6 mingdan ortiq odam o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
18:35 / 13.05.2025
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
01:24 / 02.05.2025
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
22:37 / 08.04.2025