Fan-texnika | 11:00 / 28.02.2017
8360
2 daqiqa o‘qiladi

Peugeot kompaniyasi beton polli muqobil mashina ishlab chiqdi

Fransiyaning Peugeot avtomobilsozlik kompaniyasi yangi Instinct kontseptini namoyish etdi. To‘rt o‘rindiqli muqobil shuting-breyk (sportkar negizida ishlab chiqilgan 2 eshikli universal)ga ilg‘or multimedia to‘plami o‘rnatilgan. U haydovchining istagini topa oladi. Bundan tashqari, kontsept poli yupqa beton qoplamaga ega. Tashqi ko‘rinishidan ipaksimon jilolanuvchi mashina Peugeot fikricha, «sizni bemalol joylashishga va hordiq chiqarishga undaydi».

Multimedia tizimi Internet of Things platformasida ishlaydi va Samsung Artik Cloud bulutli xizmatidan foydalanadi. Uning yordamida tizim haydovchi gadjyeti bilan ulana oladi. Uning tanlovlarini yodida saqlab qoladi. Olingan ma'lumotlar asosida mashinadagi iqlim nazorati (klimat-kontrol), boshqaruvchi elektronika ishlash tartibi hamda salonning yoritilishi va o‘rindiq holati sozlanadi.

 Kontsept 300 ot kuchiga gibrid motor bilan jihozlangan kontsept xo‘jalik elektr tarmog‘idan quvvatlana oladi. Uning barcha g‘ildiraklari yetakchi bo‘lib, bosh yoritqich chiroqlariga o‘rnatilgan kameralar bilan uyg‘unlikda ishlovchi xavfsizlik tizimiga ham ega. 

Yangi mashina mart oyida bo‘lib o‘tadigan Jyeneva avtoko‘rgazmasida rasman taqdim etiladi.

 

Mavzuga oid