Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyada mudofaa zavodidagi portlash oqibatida 20 kishi jarohat oldi
28 fevralda Serbiyaning Kraguyevats shahridagi mudofaa ta'mirlash-texnik zavodidagi portlashlar va yong‘in kamida 20 kishining turli jarohatlar olishiga olib keldi, deb xabar bermoqda Serbiya radio va televideniyesi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, birinchi portlash mahalliy soat bilan 12:30 da yuz bergan, biroz o‘tib esa yana bir portlash sodir bo‘lgan.
"Zavod sexlaridan birida yong‘in chiqqandan keyin o‘q-dorilar portlay boshlagan. Yong‘in o‘q-dorilarni zararsizlantirish liniyasi joylashgan A28 obektida boshlangan", deb ma'lum qilindi xabarda.
Ta'kidlanishicha, jabrlanganlar shahardagi klinik markazga yetkazilganlar.
Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, harbiylar va korxona xodimlari ish olib borishgan. Voqea joyiga Serbiya mudofaa vaziri Zoran Jorjyevich va uning moddiy zaxiralar bo‘yicha yordamchisi yetib kelishgan.
Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
16:03 / 17.04.2025