Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi xalqaro aeroportlarda bagaj aravachalaridan foydalanish bepul bo‘ldi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK rahbariyati Toshkent shahar xalqaro aeroportida xizmatlarni rivojlantirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirish uchun barcha imkoniyatlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Axborot xizmati “Kun.uz”ga xabar bermoqda.
Jumladan, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida aravachalarni taqdim qilish xizmatini yaxshilash va yo‘lovchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida, aravachalarni taqdim qilish bo‘yicha garov tizimi 2017 yil 18 fevraldan boshlab bekor qilinadi. Endi har bir yo‘lovchi uchib ketayotganda ham, uchib kelganda ham bagaj aravachalarini bemalol olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ilgarilari Toshkentdagi xalqaro aeroportlarda bagaj aravachilaridan foydalanish garov tizimida bo‘lib, 3000 so‘mni tashkil etar edi.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025