Jahon | 17:12 / 01.03.2017
6322
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi Palmiradagi muhim strategik nuqtani ishg‘ol qildi

Xalq qo‘shinlari ittifoqchiligida harakatlanayotgan Suriya armiyasi Palmira shahri ostonasidagi muhim strategik obektni egalladi. Bu haqda voqeadan xabardor manbaga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

"Bizning ilg‘or otryadlarimiz bir soatcha muqaddam strategik nuqtani ishg‘ol qildi. Aytish mumkinki, endilikda yana bir tepalik va qal'ani egallash qoldi", degan manba.

Oxirgi tepalik ham hukumat qo‘shinlari qo‘liga o‘tsa, butun shaharda nazorat o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, endilikda qadimiy qal'a joylashgan tepalikni shturm qilish osonlashgan.

O‘z navbatida Suriya qurolli kuchlaridagi manba bu ma'lumotni tasdiqlagan va ayni vaqtda suriyalik harbiylar Palmira markazidan 5 km masofada turganini tasdiqlagan. U Palmirani IShID jangarilaridan tozalash ishlari uzog‘i bilan 1 hafta ichida yakunlanishiga umid bildirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid