Sport | 09:36 / 02.03.2017
5850
2 daqiqa o‘qiladi

Golf qoidalari 1744 yildan beri birinchi marta o‘zgarishi mumkin

Amerika golf assotsiatsiyasi ushbu o‘yin qoidalarini o‘zgartirish haqida taklif bilan chiqdi. TASSning assotsiatsiya vakiliga asosan xabar berishicha, bu ilk bora 1744 yilda e'lon qilingan qoidalarning birinchi yirik o‘zgartirilishi.

"Qoidalar sonini hozirgi 34dan 24gacha qisqartirish hamda boshqa o‘zgarishlarni kiritish taklif etilmoqda, - deya ta'kidlab o‘tgan vakil. Maqsad ularni butun dunyodagi o‘yinchilarga tushunarliroq qilish".

Amerika golf assotsiatsiyasi olti oy davomida yangi qoidalar haqidagi fikrlarni yig‘adi, deb xabar qildi assotsiatsiya vakili. "Muhokamada barcha – alohida o‘yinchilar ham, milliy assotsiatsiyalar ham ishtirok etishi mumkin, - ta'kidlab o‘tdi u. – Ular takliflarni bizning veb-saytga jo‘natishlari mumkin. Muhokama natijalari 2018 yilning 1 yanvar kuni sarhisob qilinadi". Agarda takliflar ma'qullansa, yangi o‘zgarishlar 2019 yildan kuchga kiradi.

Amerika golf assotsiatsiyasi yangi qoidalar ustida 1574 yilda tashkil topgan Shotlandiyaning " Sent-Endryus qirollik golf-klubi" bilan so‘nggi besh yil mobaynida birgalikda ishladi. 

Ma'lumot uchun, golf vatani deb Shotlandiya hisoblanadi, o‘yin ilk bor 1457 yilda – Shotlandiya qiroli Yakov II bu o‘yinni taqiqlaganidan so‘ng tilga olingan. 

Golf bo‘yicha birinchi jahon chempionati Shotlandiyada 1860 yilning oktabrida o‘tkazilgan. O‘yin 1904 yildan beri ilk bora Olimpida-2016da musobaqalar dasturiga kiritildi.

Mavzuga oid