Jahon | 19:30 / 02.03.2017
11292
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi Palmirani IShIDdan qaytarib oldi

Foto: AFP

Suriya armiyasi o‘tgan yilning dekabrida IShID jangarilari tomonidan egallab olingan tarixiy Palmira shahrida nazoratni qo‘lga oldi.

"Rossiya HKK samolyotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlab turilgan Suriya qurolli kuchlari Palmirani ozod etish amaliyotini yakunladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Mudofaa vaziri Sergey Shoygu hisobot berdi", degan Rossiya prezidenti matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov.

IShID 2015 yilning may oyida Palmirani bosib olgan. O‘shanda jangarilar shahardagi bir necha tarixiy yodgorliklarni, xususan, G‘alaba darvozasi, ma'bud Bel ibodatxonasi va Baal-Shamin ibodatxonasini, shuningdek, dafn minoralarini vayron qilgan edi.

2016 yilning 24 mart kuni Suriya qo‘shinlari Rossiya qurolli kuchlari ko‘magida Palmirani egalladi. Palmira ozod qilinganidan so‘ng, Rossiyaning Mariinskiy teatri orkestri dirijyor Valeriy Gergiyev rahbarligida Palmiradagi Rim amfiteatrida konsert bergan, bu tomosha Rossiya telekanallari orqali jonli efirda namoyish etilgan.

Dekabr oyi boshida IShID jangarilari Palmirani yana bosib olib, Suriya hukumat kuchlarini shahardan quvib chiqargani ma'lum bo‘ldi.

Suriya armiyasi Palmiradagi muhim strategik nuqtani ishg‘ol qildi

Mavzuga oid