Vulqon lavasida non tayyorlanishini ko‘rganmisiz?
Islandiya – noodatiy o‘lka bo‘lib, u yerda hammasi go‘yo o‘zga sayyoradan olib kelingandek. Bu mamlakatda hattoki oddiy nonni ham noodatiy texnologiya bo‘yicha tayyorlashadi. Masalan, novvoy Siggi Rafn Xilmarsson uni yaqin atrofda joylashgan vulqonlarning lavasida, oilasida avloddan-avlodga o‘tib kelinadigan tayyorlash uslubi yordamida pishiradi.
Sizga lavada non “yopish” uchun un, shakar, droja, tuz va sut talab etiladi.
Bularning barchasi aralashtiriladi, qopqoqli idishga joylashtiriladi. Asosiysi, non yaxshilab pishishi uchun kichik bo‘shliq qoldirish kerak.
Idishni issiq tuproqqa 40 santimetrlik chuqurlikka ko‘mib qo‘yamiz.
Sizning o‘rningizga qolgan barchasini vulqon amalga oshiradi. Bu hududda tuproq harorati yuz darajaga yetishi mumkin.
Bir kundan so‘ng tayyor nonni qazib olamiz.
U o‘z shaklidan osonlik bilan olinadi.
Oddiy nondan farqli ravishda u umuman boshqa tarkibiy tuzilishga ega.
Xilmarsson ushbu noodatiy nonni o‘z oilasi, mahalliy aholi vakillari hamda sayyohlar bilan bo‘lishmoqda.