O‘zbekiston | 14:48 / 03.03.2017
20118
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda reyd: Uylarning oldidagi sun'iy to‘siqlar olib tashlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVning 2017 yil 14 fevral kunidagi 20/113-sonli ko‘rsatmasiga asosan «Profilaktika kuni» tadbirida bir kator tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda Kruz.uz xabar berdi.

Jumladan, 2017 yil 2 mart kuni Nukus shahri «Qutli makan» MFY hududida o‘tkazilgan tadbirda 492 ta aholi uylari yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqildi, fuqarolar bilan yong‘inlarni oldini olish va qoidalarga rioya qilish haqida keng turda suhbatlar o‘tkazildi va yo‘riqnomalar berildi. Nukus shahridagi 2-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi filiali, 35-sonli umumta'lim maktabi xamda 2-sonli Respublika sil kasalligiga qarshi dispantserida ishchi xizmatchilar va ta'lim muassasalari o‘quvchi-tarbiyalanuvchilari ishtirokida yig‘ilish, keng turda suhbat va yo‘riqnomalar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, Nukus shahri «Qutli makan» MFY, 23-kichik tumanda joylashgan ko‘chalarda va ko‘p qavatli uylarning oldilariga o‘rnatilgan 21 ta sun'iy to‘siqlar aniqlanib, Davlat yong‘in nazorati xodimlari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va mahalla faollari hamda uyboshi maslahatchilari va tegishli mas'ul idoralar bilan hamkorlikda barcha to‘siqlar olib tashlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan Respublika hududida joylashgan maskanlar hamda aholi uylarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash ishlari kuchaytirilgan tartibda davom ettirilmokda

 

Mavzuga oid