Jahon | 22:55 / 04.03.2017
7006
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda IShID asiridan 14 kishi ozod etildi

Afg‘oniston hukumati Nangarhor viloyatida IShID terrorchilik guruhi asiridan 14 kishini ozod eta oldi. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda. 

"40 kun avval IShID jangarilari tomonidan Haska Minada o‘g‘irlab ketilgan 12 nafar diniy muallim va ta'lim dargohining 2 nafar xodimi bugun ertalab ozodlikka chiqdi", deb aytildi xabarda.

Ta'kidlanishicha, ozod qilinganlar oilalariga qaytganlar. Asirlarni ozod qilish bo‘yicha operatsiya mahalliy oqsoqollar va hukumat vositachiligida amalga oshirilgan.

Mavzuga oid