Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh diplomatiyasidagi o‘zgarishlarga javob berishga shay
Xitoy hukumati AQSh diplomatiyasida o‘zgarishlar yuz bersa, XXR tashqi siyosatdagi qiyinchiliklarga tayyordir. Bu haqda XXR Oliy qonunchilik organining rasmiy vakili Fu In bayonot berdi.
"Xitoy-Amerika munosabatlari – ikki buyuk davlat aloqalaridir. U butun dunyoga ta'sir qiladi va barchaning e'tiborini tortadi. Hozirda AQSh tashqi siyosatida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Biz bu o‘zgarishlar ijobiy bo‘lishidan manfaatdormiz, biroq, murakkabliklar vujudga kelsa, biz ularga javob berishga tayyormiz", - degan Fu In Butunxitoy xalq vakillari majlisining 12-chaqiriq 5-sessiyasida ochilishi arafasida.
Uning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Pekin va Vashington o‘zaro oliy va boshqa darajalarda faol hamkorlik qilmoqda. Xitoy barqaror aloqalarni saqlab qolishni xohlaydi.
Shu bilan birga, Xitoy o‘zini AQShning raqibi deb bilmaydi, balki rivojlanayotgan mamlakatdir, deb ta'kidlagan Fu In.
"Bilmadim, fikrimga qo‘shilasizmi-yo‘qmi, ammo Vashington Xitoy o‘z salohiyati bilan Qo‘shma Shtatlarni quvib o‘tishidan xavotirlanmoqda. Aslida, XXR rivojlanayotgan mamlakat bo‘lib, imkoniyatlari jihatidan AQShdan sezilarli ortdadir", - degan Fu In.
Parlament vakilining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni milliy mudofaani rivojlantirishga urinmoqda.
"Armiya qurilishi davom etadi. Bu bizning davlat mudofaasi va xavfsizligini ta'minlashdagi suveren huquqimizdir", - deb ta'kidlagan rasmiy vakil.
Bundan tashqari, Xitoy parlamenti joriy yilda ko‘plab sohalarda Amerika Kongressi bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025