Jahon | 09:32 / 05.03.2017
30119
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Atambayev Putinga arg‘umoq sovg‘a qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida prezident Almazbek Atambayevdan kulrang tusli chopqir ot sovg‘aga olgan. Qirg‘iziston prezidentining rasmiy fotosuratchisi Sulton Dosaliyev o‘zining Facebook’dagi sahifasiga Almazbek Atambayev va Vladimir Putin tabiat fonida chiroyli ot bilan birgalikda aks etgan suratlarni joylagan hamda "Muzokaralardan keyin...("Ala-Archa" qarorgohi, 2017 yilning 28 fevrali)" deya ilova qilgan.

Ikki davlat rahbarlari Putinning Markaziy Osiyoga turnesi davomida, Bishkekda 28 fevral kuni uchrashgandi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, sovg‘a qilingan arg‘umoq qirg‘iz zotidan. Uning laqabi, jinsi hamda yoshi haqida ma'lumot yo‘q.

"Rossiya prezidentining jonivorlarga bo‘lgan muhabbatini bilgan holda, respublika rahbari mehmonga ot sovg‘a qilish orqali uni quvontirishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin", deyilgan xabarda.

Mavzuga oid