Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nima uchun KXDR elchisi Malayziyadan chiqarib yuborildi?
KXDRning Kuala-Lumpurdagi elchisi Kan Chxolning Malayziya hududidan chiqarib yuborilishi Pxenyan uchun Kim Chen Namning o‘limiga aralashmaslikka ishoradir. Bu haqida bugun mamlakat vitse-premeri Ahmad Zohid Hamidiy ma'lum qildi.
"Diplomatik missiya rahbari tergovning borishiga har tomonlama aralashishga urindi", - deya izoh berdi TIVning qaroriga Hamidiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Malayziya tomon sodir bo‘lgan voqea yuzasidan puxta tergov olib bormoqda, jumladan guvohlar so‘roq qilinmoqda, ekspertlar bahosi tinglanmoqda va hokazo".
Shanba kuni Malayziya TIV rahbari Anifa Omon KXDR elchisi maktub yo‘llangan vaqtdan boshlab (mahalliy vaqt bilan soat 18:00) 48 soat ichida mamlakatni tark etishi kerakligi aytilganini ma'lum qildi.
Malayziya politsiyasi 14 fevral kuni KXDR yetakchisining akasi Kim Chen Namning o‘limini tasdiqladi. U Kuala-Lumpur aeroportida o‘zini yomon his qila boshlagan va shifoxonaga olib ketilayotganda hayotdan ko‘z yumgan. Bundan avval u havo yo‘llari xodimlariga yordam so‘rab murojaat qilgan - u kimdir yuziga qandaydir suyuqlik purkab, qochib qolgani hamda kuchli bosh aylanishidan shikoyat qilgan.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025