NYT: Iroq Trampning yangi immigratsiya farmoni ro‘yxatida bo‘lmaydi

Foto: Reuters
Iroq AQSh prezidenti Donald Trampning yangi immigratsiya farmoni bo‘yicha taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatida bo‘lmaydi. Tramp yangi farmonni 6 mart kuni imzolashi kutilmoqda. Mazkur ro‘yxatga kiritilgan mamlakatlar fuqarolariga AQShga kirishlari mumkin bo‘lmaydi. Bu xabarni The New York Times gazetasining Oq uy ma'muriyatidagi manbasi tasdiqlagan.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, yangi farmon, shuningdek, barcha mamlakatlardan kelgan qochqinlarni AQShda joylashtirishga vaqtincha taqiq joriy qiladi. Shu bilan birga bu taqiq qancha muddat davom etishiga oydinlik kiritilmagan. Trampning sud tomonidan ijrosi to‘xtatilgan avvalgi farmonida qochqinlarni joylashtirishga o‘rnatilgan taqiq 120 kun etib belgilangan edi. Unda suriyalik qochqinlarga nisbatan muddatsiz taqiq joriy qilingan edi. Yangisida Suriya alohida uqdirilmasligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp vazifasiga kirishganidan so‘ng, yanvar oyi oxirlarida mamlakat immigratsiya siyosatiga qat'iy tus beruvchi farmonni imzolagan edi. buning oqibatida mamlakatda keskin tortishuvlar va sud eshituvlari tashkil etildi. Farmonga muvofiq, Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Liviya fuqarolariga Qo‘shma Shtatlara kirish 90 kunga taqiqlangan edi.
Sietl shahri federal sudi farmon ijrosiga taqiq qo‘ygan, Amerika adliya vazirligining apellyatsiyasi rad etilgan edi. Shundan so‘ng, Tramp yangi immigratsiya farmonini ishlab chiqishini bildirgandi.
Mavzuga oid

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

19:53 / 22.04.2025
AQSh Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan quyosh panellari importiga bojlar belgiladi

13:15 / 22.04.2025
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV

13:04 / 22.04.2025