Jahon | 08:29 / 07.03.2017
4243
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh va Yaponiya yetakchilari Shimoliy Koreya raketa sinovlarini muhokama qilishdi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 7 mart ertalab telefon orqali muloqot qilishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Yetakchilar jumladan Shimoliy Koreya tomondan 6 mart kuni o‘tkazilgan raketa sinovlarini muhokama qilishgan.
"Prezident Tramp AQSh Yaponiyani 100 foiz qo‘llab-quvvatlashini aytgan. U shuningdek bu pozitsiyani yaponiyalik fuqarolarga yetkazib qo‘yishni so‘ragan", deb aytdi Abe.
Avvalroq Shimoliy Koreya raketa parvozlarini AQShning Yaponiyadagi bazalariga zarba berishning mashq qilinishi deb atagandi.
Mavzuga oid
16:57
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi
20:47 / 02.10.2024
Muloyim durang – AQSh vitse-prezidentligiga nomzodlar debat o‘tkazdi
12:30 / 02.10.2024
AQSh Su-35'ning Alyaska yaqinidagi «xavfli manyovri»ni tanqid qildi
23:47 / 01.10.2024