Jahon | 19:47 / 07.03.2017
5140
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq Suriyaning Arab davlatlari ligasidagi a'zoligini tiklashga chaqirdi

Foto:RIA

Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Jafari seshanba kuni Arab davlatlari ligasi ishtirokchi-mamlakatlarini Suriyaning bu tashkilotdagi a'zoligini to‘xtatish haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

"Iroq arab davlatlaridan bo‘lgan aka-ukalarni Suriyaning arab davlatlari Ligasidagi a'zoligini to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha avval qabul qilingan qarorni qayta ko‘rish chiqishga chaqiradi", - deya ma'lum qildi al-Jafari arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining Qohiradagi sessiyasida chiqish qilar ekan, deb xabar bermoqda AFP agentligi.

Al-Jafarining so‘zlariga ko‘ra, kelishmovchiliklarni muloqotdan voz kechib emas, balki uning yordamida hal qilish lozim.

Suriyaning ADLdagi a'zoligini to‘xtatish haqidagi qaror 2011 yilning noyabrida arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari tomonidan qabul qilingan. Bu Suriyada hukumatga qarshi namoyishlar boshlangach, hamda ushbu mamlakat hukumatining ichki inqirozni hal etish bo‘yicha arabcha rejadan voz kechganidan so‘ng ro‘y berdi.

Mavzuga oid