Sport | 20:20 / 07.03.2017
3848
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada shundoq futbol maydonida giyohvand modda sotgan muxlislar hibsga olindi

Italiya politsiyasi futbol bezoriligiga qarshi kurash bo‘yicha operatsiya davomida maydonning o‘zida giyohvand modda sotish bilan shug‘ullangan 26 fanatni hibsga oldi, deb xabar bermoqda ANSA axborot agentligi.   

Tergov natijasida tajovuzkor ruhdagi "ultraslar", ko‘proq "Atalanta" klubiniki, uchrashuvlardan keyin maydonda to‘qnashuvlar va tartibsizliklar uyushtirish oldidan kokain tarqatgani yoki qabul qilgani aniqlandi. 11 muxlis hibsga olingan, qolganlari esa uy qamog‘iga o‘tkazilgan.

Operatsiya Bergamo va uning atrofidagi hududlarda o‘tkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid