Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 6,7 kilogramm og‘irlikka ega chaqaloq tug‘ildi
Xitoyning Shensi viloyatida 6,7 kilogramm og‘irlikka ega o‘g‘il bola dunyoga keldi. Bu haqda "Jenmin jibao" gazetasi yozmoqda.
Chaqaloq 6 mart kuni Sian shahrida tug‘ilgan. Akusherning ma'lum qilishicha, bu ularning tug‘uruqxonasida dunyoga kelgan eng og‘ir vaznli chaqaloqdir.
Ayni damda bola va uning onasi shifokorlar nazorati ostida.
Ginness rekordlar kitobiga ko‘ra, sayyoradagi eng og‘ir vaznli chaqaloq 1879 yilda AQShda tug‘ilgan – 9,98 kilogramm bo‘lgan bu bola faqatgina 11 soat yashagan. OAVning xabar berishicha, Xitoyda katta vaznga ega chaqaloqlar tug‘ilishi ko‘p-ko‘p uchrab turadi.

Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025