Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktyor Rayan Goslingning qiyofadoshi uning o‘rniga mukofotni olib hammani dovdiratdi
"La-la-lend" filmida bosh rolni ijro etgan amerikalik aktyor Rayan Goslingning qiyofadoshi Germaniyadagi "Oltin kamera" (Golden Camera Awards) kinomukofotida aktyor o‘rniga mukofot oldi, deb xabar bermoqda People nashri.
Mukofot "La-la-lend" filmi uchun berilgandi. Biroq keyin aniqlanishicha, ushbu holat nemis komiklari Yoaxim Vintersheyd va Klaas Xoyfer-Umlauf tomonidan uyushtirilgan hazil bo‘lgan. Ular soxta agentlik tashkil qilib, bu agentlik nomidan mukofot prodyuserlariga taqdimot marosimiga Goslingni taklif qilishga va'da berishgan. Ular mukofot tashkilotchilarini aktyor "ijtimoiy xavotir kasalidan aziyat chekishi" sababli qizil gilamchadan o‘tmasligi va zalda o‘tirmasligiga ko‘ndira olishgan.
Marosim vaqtida boshlovchi Goslingni o‘ziga tegishli mukofotni olishga chaqirganda, sahnaga aktyor o‘rniga uning qiyofadoshi – Myunxenda oshpaz bo‘lib ishlaydigan Lyudvig Lener chiqqan. U o‘z minnatdorchilik nutqida mukofotini komiklarga bag‘ishlashini aytib, tezda sahnani tark etgan.
Prankerlar tomonidan bu holat aks etgan videoyozuvda marosimga kelgan odamlar, jumladan u yerda bo‘lgan amerikalik aktyorlar Jyeyn Fonda, Nikol Kidman va Kollin Farrell bu holatdan sarosimaga tushib qolishganini ko‘rish mumkin. Biroq boshlovchi bu hazil bo‘lganini aytib, tomoshabinlardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi
11:38 / 02.04.2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi
14:18 / 03.02.2025