Maktabda o‘quvchilar nima iste'mol qilishmoqda?
Kun.uz ijodiy jamoasining Buxoro viloyatiga tashrifi tahririyatimizga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida joylarda bo‘lish bilan davom etdi. Murojaatlarning birida Buxoro shahrida joylashgan 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabi yonida o‘quvchilar uchun turli mahsulotlar sotilayotgani, bu bolalar uchun zararlimi yo‘qmi, bilib bo‘lmasligi haqida so‘z boradi.
Tahririyat jamoasi murojaatga asosan mazkur maktabga tashrif buyurdi. Maktab direktori ijodiy jamoani qarshi oldi. Kuzatuvlarimiz natijasida Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 132-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi ushbu maktabda haminqadar ekanligiga guvoh bo‘ldik. O‘quvchi bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi oshxonaning tozalik holati ham, maktabdagi toza ichimlik suvi ta'minoti ham kishini tashvishga soladi.
Ushbu masala yuzasidan Buxoro shahar xalq ta'lim boshqarmasi mutasaddi rahbarlariga murojaat etildi. Ular bizga muammoli vaziyatlarni chuqur o‘rganishi, tezkor ravishda hal etilishi haqida va'da berishdi.
Ammo ijodiy jamoa Buxoro viloyatida uch kun bo‘lgan bo‘lsa, boshqarma o‘z va'dasining ustidan chiqmadi. Tahririyat maktab oshxonasining rahbari bilan bog‘lanib, yuqoridagi holatlar yuzasidan axborot so‘radi. Ular esa imloviy, juz'iy xatolarga to‘la dalolatnoma taqdim etishdi xolos.
Qog‘ozbozlik, va'dabozlik, buyruqbozliklarning vaqti o‘tdi. Endi talabchanlik, harakatchanlik bo‘lmas ekan, na jamiyat va na davlat taraqqiy etadi. Umid qilamizki, mazkur maktabdagi holat, umuman, Buxoro shahar Xalq ta'limi boshqarmasidagi holat o‘nglanadi. Zero zamon talabi ana shunday.
TAS-IX
YouTube
Mavzuga oid
13:11 / 18.11.2024
Xitoy Buxoroda "yashil" sanoat parkini barpo etadi
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:01 / 09.11.2024
Buxoroda 16 yoshli bola o‘nlab shaxslar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi. U qamoqqa olingan
11:34 / 06.11.2024