Jahon | 17:53 / 09.03.2017
11667
1 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj. Bishkekda Tekebayev tarafdorlari yana miting uyushtirdi

Bugun, 9 mart kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida muxolifatdagi «Otamakon» partiyasi yetakchisi O‘murbek Tekebayevning tarafdorlari miting o‘tkazdi.

26 fevral kuni Istanbuldan uchib kelganidan so‘ng Bishkek aeroportida qo‘lga olingan Tekebayev 25 aprelga qadar Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov boshqarmasida hibsda bo‘ladi. Uni korrupsiya va firibgarlikda ayblashmoqda.

Siyosatchining ozod etilishini so‘rab mitingga chiqqanlar soni 60 nafar atrofida bo‘lgan.

Foto: 24.kg

Eslatib o‘tamiz, u hibsga olingan kunning o‘zida ham yuzlab kishilar tomonidan norozilik mitinggi o‘tkazilgandi.

Foto: 24.kg
Foto: 24.kg
Foto: 24.kg
Foto: 24.kg
Foto: 24.kg

Mavzuga oid