Sport | 09:21 / 09.03.2017
5112
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» o‘z uyida «Stok Siti»ni yenga olmadi

«Manchester Siti» futbol klubi Angliya premer-ligasining 28-turi doirasida «Stok Siti»ni qabul qildi. «Etihad — Siti of Manchester» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Xosep Gvardiola shogirdlari qatorasiga to‘rt g‘alabadan iborat seriyaga nuqta qo‘yishdi. «Manchester Siti» (56 ochko) Angliya chempiionati turnir jadvalida uchinchi pog‘onada bormoqda. Ikkinchi o‘rinni egallab turgan «Tottenhem»da ham 56 ochko bor. «Stok Siti» (36) esa to‘qqizinchi pog‘onadi.

Manchester Siti – Stok Siti 0:0

Manchester Siti – Kabalero, Sanya, Otamendi, Kolarov, Klishi, Fernandino, Navas (Silva, 57), Ture (Ixeanacho, 76), de Bryuyne, Sane, Aguero.
Stok Siti – Grant, Bardsli, Shoukross, Martins Indi, Piters, Diuf (Afellay, 69), Kemeron, Allen (Imbula, 85), Sobxi, Uolters, Beraxino (Uelan, 79).
Ogohlantirishlar: Bardsli (24), Sane (54), Uolters (84), Sobxi (90).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid