Fan-texnika | 18:35 / 09.03.2017
8928
2 daqiqa o‘qiladi

Sun'iy idrokka ega shina taqdim etildi

Goodear kompaniyasi Jyenevadagi xalqaro salonda Eagle 360 Urban sharsimon shinaning yangi kontseptini taqdim etdi. Unda sun'iy idrok texnologiyasi qo‘llangan, deb xabar beradi ishlab chiqaruvchi sayti.

Eagle 360 Urban sharsimon shakl hisobidan avtomobilga istalgan yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish imkonini beradi. U rezinali bionik charmga ega va avtomobilga maxsus yostiqcha yordamida mustahkamlanadi.

Charmga yo‘l holatini nazorat qiluvchi datchiklar o‘rnatilgan. Sun'iy idrok bu ma'lumotlarni qayta ishlaydi hamda shina qoplamasini aniq bir vaziyatga moslashtiradi. Bu shunday amalga oshirilgan: qoplama tagidagi elementlarda elektr ijro mexanizmlari bo‘lib, ular pokrishka qismlarini joyiga qaytaradi yoki tortib chiqaradi. Namli yo‘lda shinada o‘yilgan joylar, tuproqli joylarda yurilsa – ilgaklar paydo bo‘ladi.

Eagle 360 Urban qoplama qoliplarini eslab qolishi va ularni moslashtirishi mumkin.

Bundan tashqari, u yig‘ilgan ma'lumotlarni xuddi shunday shinalar o‘rnatilgan boshqa avtolar bilan bo‘lishadi. Eagle 360 Urban buning evaziga yo‘l holatlariga moslashishi mumkin – bu falokat xavfini kamaytiradi.

Shuningdek, Eagle 360 Urban kerakli joyga teshilgan joylar bo‘lsa ham yetib borish imkoniga ega. Agarda datchiklar qoplama buzilganini aniqlasa, shinalar zararlangan qismi asfaltga tegmay turib aylanishi mumkin.

Mavzuga oid