Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlarni imzoladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarni imzoladi. Unga ko‘ra prezidentning qator vakolatlari parlament va hukumatga beriladi.
«Davlat rahbari «Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini imzoladi», — deyilgan xabarda.
O‘tgan haftada Qozog‘iston parlamenti konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar loyihasini birinchi o‘qishda ma'qullagandi.
Hujjatda mamlakat asosiy qonunining davlat tarmoqlari o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashga qaratilgan 23ta moddasiga o‘zgarishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Taklif etilgan tuzatishlar parlament rolini kuchaytirish, hukumat mustaqilligi va mas'uliyatini oshirishga qaratilgan. Qonun loyihasi, shuningdek, sud tizimi va prokuraturaning konstitutsiyaviy asoslariga aniqlik kiritadi.
Mavzuga oid
13:36 / 01.12.2024
O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?
20:51 / 18.10.2024
AQShda kartotekadan topilgan Konstitutsiya nusxasi 9 mln dollarga sotildi
22:17 / 17.10.2024
Konstitutsiya kuni bayramini nishonlash bo‘yicha prezident farmoyishi imzolandi
21:12 / 27.05.2024