Light | 18:54 / 10.03.2017
21044
3 daqiqa o‘qiladi

So‘zlovchi suratlar: Yo‘qotilgan va unutilgan bolalik

5 yoshli bolalarning aksariyati maktabda ta'lim olayotgan yoki ko‘chada o‘ynayotgan bir vaqtda Xitoyning janubi-g‘arbidagi kichik Anna Van katta buvisi va buvisiga g‘amxo‘rlik qiladi. U ikki keksa ayolning yagona boquvchisi hisoblanadi, hayotiy sharoitlar uni shunga majbur qilgan. BoredPanda shu mavzudagi so‘zlovchi suratlar bilan bo‘lishdi.

Anna atigi 3 oylik paytida uning otasini noma'lum sabablarga ko‘ra ozodlikdan mahrum qilishgan, onasi esa boshqa turmush qurib, qizini tashlab ketgan. Uzoq Zuin tog‘li hududlarida artritdan aziyat chekuvchi buvisi va 92 yoshli katta buvisi bilan qolgan qizcha taom tayyorlash, uy yig‘ishtirish va buvilariga yordamlashish kabi vazifalarni o‘z zimmasiga olishiga to‘g‘ri kelgan. 

Saxiy qo‘shnisi Annaga ovqat tayyorlashi uchun o‘z fermasidan sabzavotlarni yig‘ishga ruxsat beradi. Xitoy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, qizcha bu ishlarni bajonidil bajaradi va o‘z oila a'zolariga mustahkam sog‘liq tilaydi. Biroq suratlar yo‘qotilgan va unutilgan bolalikni aks ettiradi...

5 yoshli Anna Van xasta buvisi va 92 yoshli momosining yagona boquvchisi hisoblanadi

Keksa buvilari to‘shakka mixlanib qolgani bois Anna o‘zi taom tayyorlab, ularni ovqatlantiradi

U uyni yig‘ishtirish, buvilarini cho‘miltirish va hojatxonaga chiqishga ko‘maklashish kabi vazifalarni o‘z zimmasiga olgan

Oila Xitoyning janubi-g‘arbidagi uzoq Zuin tog‘larida joylashgan ko‘rimsizgina uyda yashaydi

Anna har kuni o‘z vazifalariga kirishish uchun erta tongda uyg‘onadi, uning na boshqa oila a'zolari va na qo‘llab-quvvatlovchi do‘stlari bor

Anna 3 oylik paytida uning otasi noma'lum sabablarga ko‘ra hibsga olingan

Onasi tez orada boshqa turmush qurib, kichik Annani bemor buvilarini parvarish qilish uchun tashlab ketgan

U taburetga chiqib, oila a'zolari uchun ovqat tayyorlaydi

Saxiy qo‘shnisi Annaga ovqat tayyorlashi uchun o‘z fermasidan sabzavotlarni yig‘ishga ruxsat beradi

Buvisi og‘ir septik artritdan aziyat chekadi, u Annaning yordamisiz harakatlanishi qiyin

Xitoy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, qizcha bu ishlarni bajonidil bajaradi va o‘z oila a'zolariga mustahkam sog‘liq tilaydi

Shunga qaramay, hech bir bola bunday sharoitlarda yashashi kerak emas

Otasining surati - uning o‘g‘irlangan bolaligidan qolgan yagona yodgorlik

Mavzuga oid