Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin «Siniy kit» tahdidiga munosabatini bildirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin internet tarmog‘ida voyaga yetmaganlarning o‘z joniga qasd qilishlariga olib keluvchi o‘yinlar va ularni targ‘ib qilayotganlar, ularni ishlab chiqarayotganlarga o‘z munosabatini bildirdi. Uning aytishicha, bu kabi g‘arazgo‘ylarni, ruhiyati to‘liq shakllanmagan yoshlarni, ayniqsa voyaga yetmaganlarni turli yo‘llar bilan o‘z jonlariga qasd qilishga olib borganlari uchun jinoyatchilar safiga qo‘shish kerak.
Rossiya prezidenti mamlakat ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay'at majlisida, RF IIVning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bular — korrupsiya va ekstremizmga qarshi kurash, migratsiya nazorati, jamoat joylarida tartibni saqlashdir. Shu bilan birga, yangi chaqiriqlar ham paydo bo‘lmoqda. Ular orasida ijtimoiy tarmoqlarda o‘smirlar va bolalarni o‘z jonlariga qasd qilishga olib boruvchi o‘lim guruhlariga qarshi kurashish ham bor.
«Shu munosabat bilan Davlat dumasi deputatlarining o‘z joniga qasd qilishgacha olib borish holatlariga doir ro‘yxatni to‘ldirish bo‘yicha qonunchilik tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman. Bu shu kabi saytlarning egalari, administratorlari va tuzuvchilarini jinoiy javobgarlikka tortish, ularning faoliyatiga chek qo‘yish imkonini beradi», — deb ta'kidlagan Rossiya davlat rahbari.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025