Hindistonda maochilar 12 nafar politsiyachini o‘ldirishdi
Hindistonning Chxattisgarx shtatida jangari-maochilar politsiya patruliga hujum qilishdi, natijada huquq-tartibot vakillaridan 12 nafari halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda Times of India nashri xabar tarqatdi.
Nashrning ta'kidlashicha, jangarilar portlovchi qurilmani ishga keltirgan hamda politsiyachilar otryadiga qarata o‘t ochishgan – huquq-tartibot idorasi vakillari Sukma okrugida qurilayotgan yo‘lning xavfsizligini ta'minlayotgan bo‘lgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va mamlakat ichki ishlar vaziri Rajnat Singx hujumni keskin qoralashdi. IIV rahbari hodisa yuz bergan joyga, uning sabablarini aniqlash maqsadida yo‘l oldi.
Ma'lumot uchun, Hindistonda maochi jangovar guruhlari o‘tgan asrning 60-yillaridan beri faol ravishda harakat qilib keladi. Isyonchilarning maqsadi Hindiston hududida o‘zini-o‘zi boshqaruvchi “erkin zonalar”ni yaratish. Jangarilar mamlakatning 28 shtatidan yigirmatasida harakat qiladi.
Maochi-jangarilar bir qator terakt va hujumlarda gumon qilinadi. Xususan, ular tomonidan tashkillashtirilgan hujum tufayli 2016 yilning martida Chxattisgarx shtatida yetti nafar politsiyachi halok bo‘lgan. 2010 yilda esa huquq-tartibot idoralariga eng yirik hujum amalga oshirildi – Chxattisgarxda 75 politsiyachi o‘ldirildi. Shundan so‘ng hukumat mintaqada keng ko‘lamli aksilterrorchilik amaliyotini boshladi.
Mavzuga oid
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024