Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya turkiyalik ishchilarni yollashga o‘rnatilgan taqiqni yaqin orada bekor qiladi
Turkiya fuqarolarining Rossiyada ishlashiga nisbatan cheklovlar tez orada bekor qilinadi. Bu haqda prezident Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan so‘nggi matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Tez orada Turkiyadan kelgan ishchilarni yollash bo‘yicha taqiq bekor qilinadi, Turkiya kompaniyalariga nisbatan cheklovlar bartaraf etiladi, viza tartibi soddalashtiriladi», - deb va'da berdi Rossiya rahbari.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masalalar yuzasidan siyosiy qaror qabul qilingan, endilikda, gap ularni hayotga tatbiq etishda qolgan.
Rossiya yetakchisining qayd etishicha, Moskva Turkiyani muhim hamkori deb biladi. «Biz oliy darajadagi siyosiy muloqotni davom ettirish niyatidamiz», - degan Putin. U mazkur uchrashuv bir yil ichida Erdo‘g‘an bilan to‘rtinchi bevosita ko‘rishuv ekanini ta'kidlagan.
Putinning uqdirishicha, Rossiya terrorizmning har qanday ko‘rinishini qabul qila olmaydi, shu sababli aksilterror hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025