Sport | 01:31 / 12.03.2017
8794
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya kubogi. «Arsenal» 5-divizion jamoasini ayab o‘tirmadi

Londonning «Arsenal» klubi Angliya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda 5-divizion vakili «Linkoln Siti»ni o‘z uyida qabul qildi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida hisobni ochgan Arsen Venger shogirdlari ikkinchi bo‘limda havaskor raqibini ayab o‘tirmadi va yana to‘rtta to‘p kiritib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa Arsen Venger «Arsenal»dagi 21-mavsumida 11-marta Angliya kubogining yarim finalida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Angliya Kubogi, 1/4 final

Arsenal – Linkoln Siti 5:0 (1:0)

Gollar: Uolkott (45+2), Jiru (53), Uoterfoll (58, avtogol), Sanches (72), Remzi (75).
Arsenal: Chex, Mustafi, Gibbs, Belerin, Koselni, Oksleyd-Chemberlen (Ozil, 27), Chaka (Koklen, 61), Uolkott, Remzi, Sanches, Jiru (Peres, 65).
Linkoln Siti: Farman, Uoterfoll, Heberhem, Redjyett, Vud, Houkrij (Merriott, 78), Pauer, Arnold, Vud'yard, Maldun (Marjyetts, 54), Rid (Uord, 66).
Ogohlantirishlar: Chaka (24), Koselni (37), Vud'yard (47), Marjyetts (63), Redjyett (85).

a

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid