Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya Kubogi. «Tottenhem» «Milluoll»ga 6ta gol urib, yarim finalga chiqdi
Londonning «Tottenhem» jamoasi Angliya Kubogining chorak finali doirasida uchinchi divizion vakili bo‘lmish «Milluoll»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Londondagi «Uayt Hart Leyn» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Tottenhem» tarkibida Son Xin Min het-trik qildi, Kristian Eriksen, Dele Alli va Vinsent Yanssen bittadan golga muallif bo‘ldi.
«Tottenhem» Angliya Kubogining uchinchi yarim finalchisi bo‘ldi, bungacha «Manchester Siti» va «Arsenal» ham turnirning bu bosqichini naqd qilgandi. To‘rtinchi yarim finalchi «Chelsi» va «MYu» o‘rtasida 13 mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda aniqlanadi.
Angliya Kubogi, chorak final
Tottenhem – Milluoll 6:0 (2:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 31 Eriksen, 2:0 – 41 Son Xyn Min, 3:0 – 54 Son Xyn Min, 4:0 – 72 Alli, 5:0 – 79 Yanssen, 6:0 – 90 Son Xyn Min.
Tottenhem – Vorm, Vertongen, Devis, Tripper, Alderveyreld, Vanyama (Sissoko, 78), Dayyer, Uinks, Alli (Yanssen, 74), Son Xyn Min, Keyn (Eriksen, 10).
Milluoll – King, Uebster, Kuper, Kreyg, Uilyams, Uolles (Fergyuson, 70), Tompson (Butcher, 46), Kammings, Gregori, Morison (Onedinma, 58), O`Brayyen.
Ogohlantirishlar: Uolles (43), Kreyg (57).
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:45 / 27.12.2024