Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Suriya uchun ustuvor maqsadlarni aytib o‘tdi
Ayni vaqtda Suriya xalqi uchun ustuvor maqsadlar terrorchilikka qarshi kurash va mamlakatning turli hududlarida mahalliy yarashuv jarayoni hisoblanadi, deb aytib o‘tdi Suriya prezidenti Bashar Asad.
"Ayni vaqtda Suriya xalqi uchun ustuvor maqsad terrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Biror odam istalgan vaqtda va hech qanday sababsiz terrorchilik hujumi qurboni bo‘lishi mumkin bo‘lganda siyosat haqida gapirish mumkin emas. Shuningdek, yana bir ustuvor maqsad mahalliy siyosiy yarashuvlar hisoblanadi", deb aytgan Asad xorijiy OAV muxbirlariga intervyusida.
Asadning aytishicha, bu ikki masala birinchi ahamiyatdagi masalalar hisoblanadi. "Ular hal bo‘lgandan keyin istalgan boshqa masalani muhokama qilish haqida so‘z yuritish mumkin bo‘ladi", deb ta'kidlab o‘tgan Asad.
Asad Suriyada deyarli har kun teraktlar sodir bo‘lishini va bunga mamlakatda qolayotgan jangarilar sababchiligini aytgan. "Bu terrorchilar bor ekan, har bir fuqaro xavf ostida bo‘ladi", deb o‘z so‘zlarini intiholagan Asad.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025