Xitoyda kon o‘pirilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Xeyluntszyan viloyati hududidagi ko‘mir konida o‘pirilish yuz berishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi mahalliy hukumatga asoslangan holda xabar berdi.
Hodisa o‘tgan haftada Shuan'yashan okrugidagi Longmay Mining Holding Group kompaniyasiga tegishli shaxtada ro‘y bergan. Shu vaqtga qadar hududda qidiruv-qutqaruv amaliyoti o‘tkazilgan. Bugun kon ichida qamalib qolgan konchilarning jasadlari topildi.
Hodisa ro‘y bergan kuni 256 konchi qutqarilgandi.
Hodisa bo‘yicha tekshiruvlar olib borilmoqda.
Bundan oldinroq 2017 yilda Xitoy hukumati mamlakat hududida 500dan ko‘proq ko‘mir konini yopmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

00:22
Xitoyda 9 yoshli qiz 25-qavatdan tushib ketib omon qoldi

09:43 / 21.04.2025
Xitoy o‘z manfaatlarini buzadigan davlatlarni qat’iy ogohlantirdi

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

16:49 / 20.04.2025