Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivanka Tramp AQShga 53,5 tonna Xitoy tovarlarini kiritdi
Ivanka Trampga tegishli kompaniya AQSh prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tgan kundan boshlab mamlakatga 53,5 tonna Xitoy tovarlarini olib kirgan. Bu haqida The Independent nashri xabar berdi.
Ekspertlarning ma'lum qilishicha, 8 noyabrdan 26 fevralga qadar Amerika bojxonasi orqali Ivankaning kompaniyasiga 82 yuk yo‘llangan: ularda ikki tonna poliestrdan tikilgan ayollar bluzasi, sigir terisidan tayyorlangan 1,6 ming hamyon va 23 tonna poyabzal bo‘lgan. Bu tovarlarning barchasi Ivanka Tramp mahsulotlarini ishlab chiqarish litsenziyasiga ega uch Amerika kompaniyasi (G-Ill, Mondani Handbags va Marc Fisher Footwear)ning Xitoydagi fabrikalarida ishlab chiqarilgan.
Bir qator OAV Ivankaning otasi, AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyada so‘zlagan nutqini yodga olmoqda: "Biz ikki oddiy qoidani odatga aylantiramiz: "Amerika mahsulotini xarid qil" va "amerikaliklarni ishga yolla". U mahsulotlarni xorijdan keltiruvchi kompaniya rahbarlarini bir necha bor tanqid qilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025