Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda uchta GES qurilishi davom ettiriladi
Ta'minlash bo‘yicha Milliy komissiya qarori bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi moliya vazirligiga uchta gidroelektrstansiya qurilishini davom ettirish uchun 40 million dollar o‘tkazib beriladi.
Mablag‘lar Hirot viloyatidagi Pashdon, Paktiya viloyatidagi Machalg‘a va Faryob viloyatidagi Almor elektrstansiyalari loyihalari bo‘yicha qurilish ishlarini davom ettirishga sarflanadi. Bu inshootlardagi ishlar yarim yil avval qurilish shartnomalari bilan vujudga kelgan murakkabliklar tufayli to‘xtatilgandi. Hamma loyihalar esa taxminan 5 yil avval boshlangan bo‘lib, hozirga qadar atigi 10 foizi amalga oshirilgan. Ayni damda qurilish uchun materiallar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda, hamda loyihalar yaqin vaqt ichida tiklanadi, deb ma'lum qildi Afg‘oniston moliya vaziri o‘rinbosari Abdul Bashir Azimi.
Uchta GES qurilishining umumiy qiymati 200 million dollardan ko‘proqni tashkil etadi, deb xabar bermoqda Afg‘onistonning «Ariana-TV» telekanali.
Taxminlarga ko‘ra, ishlar yakunlanganidan so‘ng ikki ming gektardan ortiq qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish imkoniyati yaratiladi.
«Afganistan.Ru» portalining xabar berishicha, hukumat energetika sohasida o‘zini-o‘zi ta'minlash uchun harakat qilmoqda, shu sababdan GESlar qurilishiga mablag‘lar yo‘naltirilmoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025