Sport | 20:01 / 14.03.2017
19318
2 daqiqa o‘qiladi

Konte «MYu» o‘yini haqida: «Bu taktika emas, bu futbol emas»

«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya Kubogining 1/4 finalida «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin raqib futbolchilarining Eden Azarga nisbatan amalga oshirgan harakatlari borasida gapirib o‘tdi.

«Men futbol o‘ynash kerak deb hisoblayman. Ammo, dastlabki 25 daqiqada raqib futbolchilari Azarga umuman to‘p tepish imkoniyatini berishmadi. Ular tinmasdan Edenning oyog‘iga tepaverishdi. Buni men o‘ylab topganim yo‘q. Mendan boshqalar ham buni ko‘rishdi.

Edenning oyog‘iga o‘yin boshida ham tepishdi, oxirida ham tepishdi. Hech kim bunday bo‘lmadi deya olmaydi. Agar raqib futbolchilarning oyog‘iga tepish uchun maydonga tushgan bo‘lsa, bu taktika bo‘lmaydi. Bu futbol ham emas.

Azar kuchli xarakterga ega futbolchi ekanini ko‘rsatdi. Dastlabki 25 daqiqadan keyin futbolchilarimiz deyarli to‘pni o‘zida ushlab turishmadi. Ular raqib yana orqadan ataylab zarba berishidan qo‘rqib qolishdi», – deya gapirib o‘tgan Konte.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Oliver «MYu» futbolchisi Ander Errerani Eden Azarga nisbatan ketma-ket qilgan ikkita qo‘polligi uchun qizil kartochka bilan jazolagandi.

Mavzuga oid