Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida xaloskor haydovchiga Makka safari yo‘llanmasi taklif etildi
Saudiya Arabistonida ishlovchi pokistonlik muhojir bir oilani yonayotgan avtomobildan qutqarib qolgani uchun Sharqiy provinsiya gubernatori tomonidan taqdirlandi. Bu haqida GulfNews'da xabar berildi.
Shahzoda Saud bin Nayif Muhammad Mansurni matonati hamda fidoyiligini yuksak baholadi va xorijliklar ham Saudiya Arabistoni fuqarolari kabi insonlar muhofazasi borasida hamkor ekanliklarini ta'kidladi.
Shahzoda Saud Muhammadga mukofot sifatida joriy yilda Makkaga Haj safarini amalga oshirishni taklif qildi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil yo‘l-transport hodisasi natijasida yonib ketgan. Muhammad bir oilani qutqarib qolib, ularga birinchi yordam ko‘rsatgan. U yong‘inni o‘chirish uchun yuk mashinasining shlangidan foydalangan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi
08:10 / 24.05.2025